O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli tashkillashtirildi

Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida xalq bilan ochiq muloqotni yanada samaradorligini oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati joriy yilning 29-sentyabr kuni navbatdagi fuqarolar qabulini tashkil etdi.

Ushbu qabul davomida jami 101 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushib, ulardan 68 tasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, 4 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, 14 tasi kadrlar yo‘nalishi hamda 15 tasi boshqa masalalarni tashkil etdi.

Tergov yo‘nalishiga oid murojaatlarning 17 tasi (25 foiz) qabul vaqtining o‘zida hal etildi, 15 tasi (22 foiz) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 36 tasi (53 foiz) esa qo‘shimcha kompleks o‘rganishlar talab etganligi sababli mas’ul va rahbar xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Tergov departamenti

Text to speech