O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti mas’ullari joylarga chiqqan holda xodimlarga shart-sharoit yaratish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash borasidagi ishlarni o‘rganmoqda.

Tergov departamenti mas’ullari viloyatlarda bo‘lib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda qonunchilikka rioya etish borasidagi ishlarni o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri va Samarqand viloyatida xizmat olib borayotgan tergov bo‘linmalari xodimlarining kunlik xizmat faoliyati bilan tanishib, har bir tergovchi va surishtiruvchilar bilan suhbatlashib, “ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganmoqda.

O‘rganishlar davomida, yurituvdagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlariga mas’uliyat bilan yondashishi, xodimlar tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to‘liq va sifatli ko‘rib chiqish hamda ijro va xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu kabi o‘rganishlar hududlarda davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech