O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Internet tarmoqlarida tarqalgan Qo‘qon shahridagi YTH yuzasidan ma'lumot.

2020 yilning 07 fevral' kuni soat 21:00 larda haydovchi 24 yoshli A.R., boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasidan G‘isht ko‘prik ko‘chasi yo‘nalishi tomon harakatlanib chorrahaga kelganida o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada “Spark” avtomashinasining motor qismi “Nexia” avtomashinasining old qismiga urilishi natijasida qisqa tutashuv hosil bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan va haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Hozirda Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Deya xabar beradi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech