O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyevni qabul qildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish va uni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muhammadqaliy Abilg‘aziyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech