O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

SHavkat Mirziyoev: umumiy kelajagimiz – o‘zimizning qo‘limizda

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston delegatsiyalari a’zolari, Jamg‘arma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so‘zladi.

“Qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng o‘tayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta sur’at bag‘ishlaydi. Biz bu boradagi o‘zaro hamkorlikka qat’iy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi SHavkat Mirziyoev.

Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolbo‘yi atrofidagi hududlar cho‘llanishi davom etayotgani ta’kidlandi. Suv resurslari tanqisligi, er degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari kuzatilayotganiga e’tibor qaratildi.

“SHu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini engib o‘tish va Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining ta’sirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari o‘rtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – o‘zimizning qo‘limizda”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion echimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech