O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullaev raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan o‘tgan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zining xissasini qo‘shgan tergovchi va surishtiruvchilar IIV huzuridagi Tergov departamentining tashakkurnomasi, faxriy yorlig‘i, viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi va bo‘linmalari xodimlari uchun kompyuter jamlanmalari, printerlar, televizor va boshqa zaruriy texnika vositalari topshirildi.

Shuningdek, tergov sohasida uzoq yil samarali xizmat qilib, ko‘plab tergovchi va surishtiruvchilarga ustozlik qilgan Tergov boshqarmasi tergov qismi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi podpolkovnik Axmedov Ikromjon Mamatkulovich nafaqaga kuzatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech