O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2023 yil davomidagi ish faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning 19 yanvar kuni, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor maqsadlar muhokamasi yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov raisligida yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, unda boshqarma hamda uning quyi bo‘linmalari barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda  ma’ruzachi tomonidan tergov bo‘linmalarida  2023 yilda erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar o‘qib eshittirildi. 

Jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tergov bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlariga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilishi belgilandi.

Shu bilan birga yil davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelgan eng yaxshi tergov jamoasi, eng yaxshi xodimlar, eng yaxshi ayol xodima, eng yaxshi yosh tergovchilar va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan taqdirlandi. 

Yig‘ilish yakunida Tergov boshqarma boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish, tergov sifatini oshirish yuzasidan tergov bo‘linmalari boshliqlariga manzilli topshiriqlar berdi.

Shu bilan birga, bugungi kunda tergov bo‘linmalari xodimlari oldiga qo‘yilayotgan talablarga mos ravishda mas’uliyatni yanada kuchaytirish hamda kadrlarni bilim saviyasini oshirish hamda xizmat va ijrochilik intizomiga rioya etishga qaratilgan qator vazifalar belgilab berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech