O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish bilan birga G‘allaorol tumani IIB faoliyati ham o‘rganildi

2022 yilning 7-8 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani va Jizzax shahrida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulga viloyatning Sharof Rashidov, Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish va Yangiobod tumanlari hamda Jizzax shahrida yashovchi fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi.

Ikki kun davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 73 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi ichki ishlar idoralari xizmatiga qayta tiklash yoki xizmatga qabul qilish masalasi, 6 tasi xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 7 tasi fuqarolik pasportini olish va 58 tasi boshqa turli masalalar.

Ushbu fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 22 tasi joyida ijobiy hal etildi, 51 nafarining arizalari qabul qilinib, huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida tijorat banklarining yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklaridan imtiyozli kredit mablag‘i olish uchun sertifikatlar topshirildi.

Sayyor qabul yakunida ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov G‘allaorol tumani IIBning maʼmuriy binosida bo‘lib, tergovchi va surishtiruvchilarning xizmat xonalari, maxsus tergov xonasi, so‘rovxonalarning ahvoli hamda boshqa shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida, vazir o‘rinbosari IIVning 16.06.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.06.2020 yildagi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha tergov bo‘limlarining xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Ayni damda ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar Zomin, Zarbdor va Yangiobod tuman aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech