O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda

Shu kunlarda Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov va Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham sayyor qabullar tashkil etildi.

Xususan, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan qabul jarayonida ichki ishlar organlari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 27 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lsa, ushbu murojaatlarning 17 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, 5 nafar murojaat muallifiga huquqiy maslahat berildi. Yechimiga maʼlum muddat talab etiladigan 5 ta murojaatlar nazoratga olindi.

Shu kuni bevosita ichki ishlar organlari yordamida 9 nafar yoshlarga ilk marotaba fuqarolik pasportlari rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, 2 nafar murojaat muallifi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, ularning ko‘p yillik orzusi ushaldi.  

Farg‘ona shahrida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda esa sohaga doir 15 ta murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganilib, 2 tasiga shu yerning o‘zida yechim topildi, 6 tasiga huquqiy maslahat, 3 tasiga esa tushuntirish berildi. 4 ta murojaatlar nazoratga olinib, ijro muddatlari belgilandi. 

Farg‘ona viloyatida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda. 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech