O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
F A R M O N I

Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi koʻp yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarishda koʻrsatgan mardlik va jasorati, shuningdek, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Karimov Muradjan Kabilovich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining maslahatchisi

 II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

Bichenov Oleg Revazovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

 “Doʻstlik” ordeni bilan

Belova Marina Yevgenyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bosh yuriskonsulti

Musayev Baxadir Yerkimbayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati batalyoni komandiri

 “Mardlik” ordeni bilan

Kadirberdiyev Abdumutalib Uralovich (marhum) - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar ichki ishlar boʻlimi xodimi

Raxmanov Shavkat Navruzovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

 “Jasorat” medali bilan

Payzbekov Ramil Raximbayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Uskembayev Medet Muxtarovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Xodjanazarov Sardor Mamashukurovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi injeneri

 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Bakirov Erkin Boʻronovich - Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Gafurov Jaxangir Abduraximovich - Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi

Ishmuxamedov Sagdulla Nigmatjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali yetakchi neyroxirurgi

Mullajanov Abdimajid Fayzulayevich - Toshkent shahar Olmazor tumani boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Muradova Zibo Yarkulovna - Navoiy viloyati Navoiy shahar boʻyicha

ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori

Najimov Bokibillo Xolmatjonovich - Andijon viloyati Shahrixon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari

Eshimova Oʻraltosh Jumayevna - Surxondaryo viloyati Sherobod tumani ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori

 “Shuhrat” medali bilan

Boboyev Toʻlqin Muxtorovich - Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Dusmurodov Shuhrat Xaydarovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinmasi komandiri

Kudaybergenov Muratbek Jiyenbekovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Latipov Mansurbek Maxmudovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Mustafaqulov Sherzod Shavkatovich - Jizzax viloyati Baxmal tumani ichki ishlar boʻlimi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili

Sattorov Sherkuzi Sultonovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi

Sotiboldiyev Nasimjon Gulmatovich - Namangan viloyati Norin tumani ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi boshligʻi

Xaydarov Davron Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Xodjabayeva Nargiza Isakovna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                                                              Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 24-oktyabr

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech