O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kuni kecha, Andijon viloyati mas’ulligida “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda yagona tergov amaliyotini yo‘lga qo‘yish, fuqarolik va iqtisodiy sudlovga oid masalalarni farqlashda amaliyotda uchrayotgan muammolar, shaxslarning harakatlarini malakalashda e’tibor qaratiladigan talablar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudyasi B.F. Turdiyev, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi sud’yasi R.G.Asqarov, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyasi N.A.Sharipova, , Andijon viloyati prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i D.K.Raxmonov,  X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi eksperti A.Ch.Muhammadiyev, Andijon viloyat bo‘limi sud-iqtisodiy ekspertizasi eksperti M.S.Azimova hamda Andijon shahar “TRUST AND PROTECTION” advokatlik byurosi advokati J.K.Mamitovlar ishtirok etdi.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, Transportda xavfsizlikni ta’minlash departamenti huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatlar IIB shaxsiy tarkibi videokonferensiya aloqasi orqali qatnashdilar.

Seminar savol-javob shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘z fikr

va mulohazalarini bayon etdilar.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘zaro fikr almashishdi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari reja asosida davom yettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech