Namangan viloyati IIB binosida boshqarma rahbariyatining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularga amaliy yordam berish yuzasidan navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning 35 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti