O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan tergov xodimlarini malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 09 mart kuni vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning ko‘rinishlari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan tergovchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 43-sonli farmoyishiga asosan, Tergov departamentida belgilangan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar 2 bosqichga bo‘lingan holda tashkil etildi.
(Birinchi bosqich joriy yilning 15 mart kunidan 27 mart kuniga qadar, ikkinchi bosqich esa 29 martdan 10 aprel kuniga qadar o‘tkazildi.)

Mashg‘ulotning ikkinchi bosqichida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari IIB hamda Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmalari va ularning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan jami 9 nafar tergovchilar ishtirok etdi.

O‘quv jarayoni kunning birinchi yarmida nazariy, ikkinchi yarmida esa amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil etildi. Uni yana-da qiziqarli va munozarali o‘tkazish maqsadida, tergov xodimlarini belgilangan jadval asosida IIVning boshqa sohaviy xizmatlar hamda davlat tashkiloti va qo‘mitalar (IIVning TEQKBB, Tezkor hamkorlik boshqarmasi, Interpol milliy markazi, Ekspert-kriminalistika bosh markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi) bilan hamkorligini taʼminlash uchun aynan ular joylashgan binolarga olib borib, ish jarayonlari, shuningdek, jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlarini o‘rganib borish tashkil etildi.

Joriy yilning 10 aprel kuni o‘quv mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi yakunlanib, unda ishtirok etgan tergov xodimlariga Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech