O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Markaziy Osiyo davlatlarining ichki ishlar vazirliklari masʼul rahbarlari ishtirokida odam savdosiga qarshi Markaziy Osiyo tarmog‘i (CPOTSATL) faoliyatini muhokama qilish yuzasidan mintaqaviy yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahridagi “Courtyard by Marriott” mehmonxonasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tashkilotchiligida Markaziy Osiyo davlatlarining ichki ishlar vazirliklari masʼul rahbarlari ishtirokida odam savdosiga qarshi Markaziy Osiyo tarmog‘i (CPOTSATL) faoliyatini muhokama qilish yuzasidan mintaqaviy yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda BMTning GMJBB Markaziy Osiyoda odam savdosi va migrantlar kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Reda Sirgediyene, Interpol jinoiy razvedka xodimi Duc Quang Ha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston Respublikalari ichki ishlar vazirliklari masʼul rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni BMTning GMJBB Markaziy Osiyoda odam savdosi va migrantlar kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Reda Sirgediyene ochib, barcha ishtirokchilarni yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Interpol jinoiy razvedka xodimi Duc Quang Ha, Qozog‘iston Respublikasi IIV Tergov departamenti boshlig‘i Adilov Sanjar, Qirg‘iziston Respublikasi IIV Tergov xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Eshimkan uulu Nurdin, Turkmaniston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv xizmati bo‘lim boshlig‘i Kerimov Nurmurat hamda Vazirlik Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat-qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nasretdinov Azizbeklar so‘zga chiqib, mintaqada odam savdosining hozirgi holati, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda xalqaro hamkorlik, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va himoya qilish bilan bog‘liq muammolar
va ularning yechimlarini muhokama qilishib, tashkil etilayotgan odam savdosiga qarshi Markaziy Osiyo tarmog‘i (CPOTSATL) mintaqada odam savdosi jinoyatlarini fosh etish va qurbonlarni qutqarishga qaratilgan xalqaro say-harakatlarini oshirishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida maʼruzachilar va xalqaro ekspertlar savollarga javob berishdi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech