Ichki ishlar vazirligida tergov masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi
Fuqarolar bilan ochiq muloqot doirasini kengaytirish, protsess ishtirokchilarini muammolarini o‘rganish hamda ularni bevosita joyida hal etish maqsadida joriy yilning 19-may kuni Tergov departamenti tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Ushbu qabul davomida, jami 75 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushib, ularning 55 tasi dastlabki tergov, 15 tasi tergovga qadar tekshiruv hamda 5 tasi boshqa masalalarni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 19 tasi (25.3 foiz) qabul vaqtining o‘zida hal etildi, 11 tasi (14,7 foiz) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 55 tasi (73.3 foiz) esa qo‘shimcha kompleks o‘rganishlar talab etganligi sababli mas’ul va rahbar xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur turdagi qabullar kelgusida ham tizimli ravishda tashkil etib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzurida Tergov departamenti