O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida tergovchilarining malakasi oshirilmoqda

Tergov departamenti va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan tergov xodimlarini malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da oshirish maqsadida, joriy yilning 19 aprel kuni “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan malakali tergovchilarni tayyorlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishga asosan, Tergov departamentida belgilangan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Transportda XTBB huzuridagi Tergov boshqarmalari va quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan jami 14 nafar tergov xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv jarayonlari kunning birinchi yarmida nazariy, (IIVning boshqa sohaviy xizmatlar, boshqa davlat tashkilotlari va qo‘mitalaridan belgilangan xodimlar taklif etilib, umumiy tushunchalar va munozaralar tashkil etish) ikkinchi yarmi esa amaliy mashg‘ulotlar (Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlarini o‘rganish, ularda ishtirokini taʼminlash) tarzida tashkil etildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini yana-da qiziqarli va munozaralari o‘tkazish maqsadida tergov xodimlarni belgilangan jadval asosida IIVning boshqa sohaviy xizmatlar hamda davlat tashkiloti va qo‘mitalar bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida, aynan ular joylashgan binolarga borilib, ish jarayonlari, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlarini o‘rganib borish tashkil etildi.

Bundan tashqari, tergovchilarning maʼnaviy yetukligini taʼminlash, bilim saviyalarini oshirish, ularda vatanparvarlik, tinchlikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularini yana-da kuchaytirish maqsadida IIV qoshidagi muzey, IIV EKBM qoshidagi Portlash muzeyi, Shahidlar xotirasi muzeyi, G‘alaba bog‘i, O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ko‘rgazmalar zali, Politexnika muzeyi va O‘zbek milliy akademik drama teatrlariga sayohatlar tashkil etildi.

Joriy yilning 24 aprel kuni o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, munosib ishtirok etgan tergov xodimlariga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech