Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning murojaatlarini öz vaqtida va xolisona körib çiqiş, şuningdek, aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş Içki işlar organlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Şu maqsadda Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Ş.Ş. Şaripov tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar vakillari iştirokida navbatdagi fuqarolar qabuli taşkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv hamda dastlabki tergov jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar, qabul qilingan protsessual qarorlardan norozilik va boşqa sohaga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat boşqarma rahbariyati tomonidan diqqat bilan tinglanib, unda kötarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, mavjud holatlar va qonuniy asoslar atrofliça muhokama qilindi. Murojaatlarni har tomonlama, xolis va qonuniy örganiş, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş hamda asosli yeçim topiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul jarayonida kelib tuşgan murojaatlarning har biri Tergov boşqarmasi rahbari tomonidan şaxsiy nazoratga olinib, ularni qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda körib çiqiş, natijasi böyiça murojaat mualliflariga asoslantirilgan javoblar beriş yuzasidan mas’ul xodimlarga tegişli topşiriq va körsatmalar berildi.
Şuningdek, murojaatlarda bayon etilgan holatlarni çuqur örganiş, har bir masalaga individual yondaşiş, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etiş hamda fuqarolarning davlat organlariga bölgan işonçini mustahkamlaş yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.
Şu kabi qabullar kelgusida ham izçil davom etiladi.
Tergov departamenti