O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan tumanidagi sayyor qabul.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 28 fevral kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan Namangan tumani Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 6 nafar fuqarolardan 5 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 2 nafarining murojaatlari joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va bir nafar fuqarodan ariza olinib, uning ijrosi ustidan alohida nazorat o‘rnatildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech