O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoi viloyatida navbatdagi sayyor qabul.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 28 fevral' kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Konimex tumanida joylashgan Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida tumanda yashovchi 8 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, shundan 5 nafarining murojaatlari joyida qanoatlantirildi, 3 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashkari, 10 nafar 16 yoshga to‘lgan yigit va qizlarga fuqarolik pasportlari tarqatildi. Shuningdek, tumanda yashovchi 2 ta kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech