O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosh prokuraturada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va OAV vakillari uchun xalqaro seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan tashkillashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining shaffof va oshkoraligini ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro seminarda Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisining katta maslahatchisi YUrgen Beker, «Mintaqaviy muloqot» XNDT huquq mutaxassisi Anna Guardino va boshqa xalqaro mutaxassislar so‘zga chiqishdi. Keng jamoatchilik va aholini yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilish muhimligi qayd etildi. SHu maqsadni ko‘zlagan holda bugungi kunda vazirliklar va idoralarda, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning matbuot xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Seminar yakunida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, jinoyatchilikka qarshi kurash, aholining huquqiy ongini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kelib tushayotgan ma’lumotlarga tezkor munosabat bildirishi va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech