O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Hurmatli Po‘lat Razzoqovich!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati jamoasi nomidan Sizni, Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi va xalqi manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotganini, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlash ishiga ulkan hissa qo‘shayotganligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Xodimlardagi qat’iyat, yuksak kasbiy bilim va mahorat, takomillashuv sari intiluvchanlik, hozirgi tahlikali zamonda, Respublikamiz Ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan o‘ta muhim va mas’uliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun mustahkam omil va asos bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonamiz.

Muhtaram yurtboshimizning Ichki ishlar vazirligi xodimlariga bildirgan yuksak ishonchlarini oqlashda, jamoat tartibini saqlashda, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda Siz kabi fidoiy insonlarning xizmatlari beqiyos bo‘lmoqda.

Hurmatli Po‘lat Razzoqovich, bugungi bayram sanasida, Sizga va siz orqali mamlakatimiz ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkibiga mustaham sog‘lik, uzoq umr, oilalaringizga baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi, yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

 

Ehtirom bilan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

davlat xavfsizlik xizmati Raisi                   B. Tashmatov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech