O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida xodimlar dastlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Majmuaga tashrif davomida xodimlar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov hayoti va mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari aks ettirilgan san’at asarlari bilan tanishib, majmua xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Mazkur tashrif Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech