Fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkillashtirildi
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabulda Tergov boshqarmasi va quyi tizim tergov bo‘lim-bo‘linmalari faoliyatiga oid jami 13 ta murojaat qayd etildi. Murojaatlar asosan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv hamda tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oldi.
Kelib tushgan murojaatlarning 8 tasi ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 2 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv, sohaviy organlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish talab etilganligi sababli, ular belgilangan tartibda nazoratga olindi va mas’ul shaxslarga ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O‘tkazilgan shaxsiy qabulda aholi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni tizimli hal qilishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Tergov departamenti