O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

3 ta yuk avtomashina ishtirokidagi mudhish YTHta yuk avtomashina ishtirokidagi mudhish YTH

Namangan. 2020 yilning 04 iyulь kuni soat 05:00 da 63 yoshli А.R., boshqaruvida boʼlgan “Sams” rusumli yuk avtomashinani Pop tumani “Koʼshminor” MFY hududidan oʼtuvchi “Toshkent-Osh” avtomobilь yoʼlining 227 kilometrida boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan, shu yoʼnalish boʼyicha yoʼlning chetida toʼxtab turgan 26 yoshli А.Gʼ., ning boshqaruvida boʼlgan “Isuzu” yuk avtomashinaga va 26 yoshli N.R., ning boshqaruvida boʼlgan ikkinchi “Isuzu” yuk avtomashinaning orqa qismiga urilib, agʼdarilgan xamda “Sams” yuk avtoavtomashinaning kabina qismida yongʼin yuzaga kelgan.

Natijada “Sams” yuk mashina haydovchisi А.R. va “Isuzu” yuk avtomashinadan birining haydovchisi А.Gʼ., lar hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi N.R., shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Hurmatli haydovchilar! Transport vositalaringizda uzoq safarli yoʼlga chiqishdan oldin transport vositangizning texnik holatini tekshirib, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarib, amaldagi “Yoʼl harakati qoidalari”ga qatʼiy rioya qilishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech