O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mudhish yoʼl-transport hodisasi: “Epica” avtomashinasi “Kamaz” yuk mashinasi orqasiga kelib urildi, vafot etganlar bor.

2019 yil 23 noyabr kuni taxminan soat 03:00 larda 22 yoshli R.N. 4 nafar yoʼlovchilari bilan “Epica” rusumli transport vositasini Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Nurafshon MFY hududidan oʼtgan "Toshkent-Termiz M-39 yoʼli"ning 977 km.da Termiz yoʼnalishi boʼyicha boshqarib ketayotib, shu yoʼnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvida boʼlgan “Kamaz-53212” rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib yoʼl-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda “Epica” rusumli avtomashina haydovchisi R.N., yoʼlovchilar 58 yoshli R.Dj. va 26 yoshli G.А.lar hamda 33 yoshli R.B. hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yoʼlovchi 26 yoshli M.M. esa turli tan jarohatlari bilan RShTIYoM Jizzah filiali travmotologiya boʼlimiga yotqizilgan. "Kamaz" haydovchisi jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 23 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech