O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fargʼonalik fuqaro uyida 1,1 kg. giyohvandlik vositasini saqlagan!

Joriy yilning 12 noyabr kuni soat 12:45 da Fargʼona viloyat Quva tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir jarayonida 34 yoshli muqaddam sudlangan K.M. oʼzining yashash xonadonida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Hodisa joyini koʼzdan kechirish jarayonida uyning yotoqxonasidagi gaz pechi yonida polietilen paketga solingan yashil rangli, oʼtkir hidli oʼsimliksimon modda borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, polietilen paketga oʼralgan holda K.M.ning uyidan olingan modda 1,100 gramm ogʼirlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalarini koʼp miqdorda tayyorlash, egallash saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Tayyorladi: kapitan J.Qodirov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech