O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat quroli sifatida “tosh” ishlatilgan

Toshkent viloyati. 2022 yil 10 may kuni soat 00:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Baxt ko‘chasida yashovchi 32 yoshli M.J. mast holatda bo‘la turib, o‘zganing mulkini yashirin ravishda qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zining qo‘shnisi 35 yoshli O.G.ni yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon eshigini tosh bilan buzib ochish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, so‘ngra xonadondagi shkaflardan moddiy qimmatliklarga ega bo‘lgan narsa va buyumlarni izlab, u yerdan hech qanday moddiy qimmatliklarga ega bo‘lgan narsa va buyumlarni topa olmagach, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech