O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Vaʼdasini bajarmagan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Аndijon. 2020 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 37 yoshli M.I. (ayol) va 45 yoshli Z.K. (ayol) lar oʼzaro jinoiy til biriktirib, bir guruh boʼlib, 3 nafar fuqarolarga Аsaka tumanida joylashgan “Uz Auto Motors” АJga ishga kiritib qoʼyishlarini vaʼda qilib, ishonchga kirib, jami 6.450 АQSh dollari miqdoridagi pul mablagʼlarini olishib, oʼzlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Аsaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech