O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik oʼsimligini yetishtirgan ayol sud oldida javob beradi

Samarqand. 2020 yilning 06 iyulь kuni IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida Pastdargʼom tumani “Katta naymancha” mahallasida yashovchi 50 yoshli B.P., ning (ayol) yashash hovlisi koʼzdan kechirilganda, hovlisida 250 m2 maydonda 29 tup “kannabis” giyohvandlik oʼsimliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, oʼrnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdargʼom tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, aniqlangan giyohvandlik oʼsimliklarining vazni 24.402 grammni tashkil qilib, ular “marixuana” giyohvandlik vositasi turiga kirishi koʼrsatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha aniqlangan giyohvandlik oʼsimliklari miqdoridan kelib chiqqan holda B.P., ga JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan qoʼshimcha ayb eʼlon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi boʼyicha sudlovga yuborilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech