O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayol kishi jinoyatga qo’l urdi

2018 yil 22 noyabr kuni soat 10:00dan 26 noyabr kuni soat 10:00gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma'lum shaxs Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro T.B.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 1.100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari va umumiy qiymati 15.000.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro S.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech