Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

900.000 so‘mga boyishni istagan shaxs, endilikda 20 yilgacha ozodlikdan maxrum etilishi mumkin

Surxondaryo. 2020 yil 8 may kuni taxminan soat 17:00 da Surxondaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida Termiz shahar “Alpomish” mahallasidagi uylarning birida “X.Do‘stligi” ko‘chasida yashovchi fuqaro 37-yoshli A.Ya., “X” ismli shaxsga vazni 2,56 gramm bo‘lgan qora rangli, o‘tkir hidli, o‘tsimon giyohvandlik vositasini 900 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra A.Ya.dan ashyoviy dalil tariqasida olingan modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, u “Gashish” nomli giyohvand vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Termiz shahar 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasining 5-qismi (giyovandlik vositalari ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech