O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Janjalning og‘ir oqibatlari

Buxoro viloyati. 2021 yil 7 avgust kuni soat 00:30 larda, 20 yoshli S.B. Shofirkon tuman Bog‘ishamol qishlog‘idagi savdo do‘koni oldida tanishlari Sh.H. hamda H.A., lar bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida S.B. qo‘l, oyoqlari va tayoq bilan Sh.H., ning badanini turli joylariga bir necha marotaba qasddan urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda Sh.H. bosh miya jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan S.B., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra ushbu jinoyatga aloqador barcha shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech