O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

4 kunlik chaqaloq sotilganligi holati yuzasidan qo'zg'atilgan jinoyat ishi tamomlandi.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan 24 yoshli ayol o'zining voyaga yetmagan farzandini sotganligi holati yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi tamomlanib, mazmunan ko’rib chiqishlik uchun ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.

 Tergov hujjatlariga ko'ra, 2018 yil 19 iyul kuni fuqaro T.Ch. Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanidagi tug'ruqxonalardan birida vazni 3400 gramm, bo'yi 53 santimetr, sog'lom va aktiv qiz jinsiga mansub farzandini dunyoga keltirib, 2018 yil 23 iyul kuni o'zaro kelishuvga ko'ra, ushbu farzandini tanish ayolga 500 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan “nazorat tartibida harid” tezkor tadbiri davomida ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech