O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uyda hech kim yo‘qligini avvaldan bilgan o‘g‘rilar juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘g‘irladi

Samarqand. 2020 yilning 20 may kuni 30 yoshli S.S. va 33 yoshli A.R.,lar jinoiy til biriktirib, tanishi Samarqand shahar Jomboy ko‘chasida yashovchi 22 yoshli M.N., ning yashash uyida ko‘p miqdorda tilla taqinchoqlar va pullar borligini, ushbu mol-mulklar turgan joyini hamda uy egasi M.N. va uning oila a'zolari 2020 yil 20 may kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar uyida bo‘lmasliklari to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lgan holda, shu kuni soat 15:00 da  S.S., fuqaro M.N., ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 148.440.000 so‘mlik turli xildagi tilla taqinchoqlar va 3.100 AQSh dollari naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, M.N.,ga umumiy 179.841.636 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.R., ga tegishli moddalar bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. S.S.,ni qo‘lga olish va tergovga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, uyingizda moddiy boyliklarni asrab avaylashingizni, uyingizda hech kim yo‘qligidan boshqalarning xabari bo‘lmasligini ta'minlashingizni, deraza romlariga temir panjaralar o‘rnatishingizni, eshiklar qulflanganligiga alohida e'tibor qaratishingizni hamda imkon boricha qo‘riqlash pultlariga ulanishingizni tavsiya qilamiz, zero o‘zingiz yillar davomida mehnat qilib topgan pullaringizni oson yo‘l bilan boylik orttirish payida bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘g‘irlanishiga imkon yaratib bermang.

Eslatma JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi, “o‘g‘rilik, ya'ni o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish uchun - sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech