O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Aslida jinoyat sodir etilmadi

2018 yil 4 avgust kuni fuqaro M.K. Namangan viloyat To‘raqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 16:00da, noma’lum shaxs yuziga niqob kiygan holda, pichoq bilan qurollanib, uyiga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, uni urib, tan jarohati etkazib, umumiy qiymati 139.000.000 so‘mlik 27 turdagi zargarlik buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini va hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida M.K.ning badanida aniqlangan tan jarohatlari o‘zi tomonidan etkazilganligi, xonadonda o‘rnatilgan video kuzatuv tasvirlarida mazkur jinoyat sodir etilganligi haqida biror-bir ma’lumotlar qayd etilmaganligi, 21 turdagi zargarlik buyumlarini o‘zida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

SHuningdek, M.K. o‘z aybiga iqror bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarini shu yo‘l orqali tiklanishi mumkinligini o‘ylagan.

M.K. ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismida (yolg‘on xabar berish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech