O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan jinoyatchilar ushlandi

2018 yil 7 avgust kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyat Oqdaryo tumanida SH.S., T.E. va S.A.lar mast holatda, bir guruh bo‘lib, H.S.ning uyi oldida qarovsiz qoldirgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini olib qochayotgan vaqtida H.S. uyidan chiqib qolgan va ular avtomashinani tashlab hodisa joyidan yashiringanlar.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor qidiruv tadbirlari davomida SH.S., T.E. va S.A. ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘irlik yoki talonchilik yo‘li bilan olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech