O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyoxvandlik vositalari sotuvchilari ushlandi

Samarqand. 2020 yilning 29 fevral' kuni soat taxminan 13:00 da Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida Samarqand shahri “Go‘ro‘g‘li” ko‘chasida 50 yoshli M.A. 34,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 200 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, M.A. taxminan 60 gramm giyohvandlik vositasini tanishi 54 yoshli D.M.,dan keynchalik 200 AQSh dollariga sotib berishni aytib olganligi aniqlangan va shu vostilardan 34,4 grammini sotishni ko‘zlaganligini aniqlangan.

Shu kunning o‘zida, M.A. yordamida, IIO xodimlari tomonidan D.M. ushlangan va undan tadbirga jalb qilingan 200 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida ramiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.A. va D.M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (giyohvandlik vositasini ko‘p miqdorda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech