O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoramol o’g’rilari qo’lga olindi

2019 yil 22 iyul kuni taxminan soat 23:30 da, noma’lum shaxslar Buxoro viloyat Shofirkon tuman hududida joylashgan “Zokir Abduvoxidovich” fermer xo’jaligi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro X.P.ga tegishli ikki bosh qoramollarni o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro B.Sh. va R.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech