O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilar qo’lga olindi

2019 yil 20 aprel kuni soat taxminan 16:00 da, noma’lum shaxslar Toshkent viloyat Chirchiq shahri hududida fuqaro A.S.ning qo’lidan ichida 150.000 so’m pullari va “Samsung” rusumli uyali telefoni bo’lgan sumkasini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro A.I. va Q.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech