O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

50.000 ming so‘m uchun avtomashina olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkent shahar. 2020 yilning 20 oktyabr kuni soat taxminan 02:30 da Yashnobod tumanida yashovchi 23 yoshli Sh.X., transport vositasini olib qochish maqsadida, fuqaro Sh.D.,ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 279-uyning tashqarisida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, oynani sindirish yo‘li bilan ochib kirib, mashinada turgan kalit yordamida uni o‘t oldirib, transport vositasini olib qochgan. Shudan so‘ng, Sh.X., ushbu avtomashina salonida bo‘lgan 50.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, avtomashinani Mirobod tumani, Qo‘yliq 2-mavzesi hududida qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, Sh.X.,dan 50.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.X.,ga nisbatan Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.X., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar yuqoridagi kabi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida, avtomashinangizda kalitni qoldirmasligingizni so‘raymiz!

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech