O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Tramadol" psixotrop moddasi iste'molchisi ushlandi.

2020 yil 21 yanvar' kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JQB va To‘rtko‘l tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan To‘rtko‘l tumani “Otayurt” OFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan, Moldaviya Respublikasi fuqarosi 27 yoshli P.K. “Otayurt” OFY ma'muriy binoning majlislar zalida yerga tashlangan gilam tagiga ko‘p miqdordagi 25 dona “Tramadol Lannaxer 50mg” dori vositalarini yashirganligi aniqlangan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. P.N. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech