O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fotosurat uchun 2.200 AQSH dollari talab qilgan ayol ushlandi

Samarqand. 2020 yilning 03 sentyabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A., ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ularni F.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.,dan 2.200 AQSH dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan.

Joriy yilning 04 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N., tanishi F.A., dan 2.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech