O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Olmaliq KMK”dan yashirin ravishda olib chiqilayotgan temir tarkibli qo‘shimcha mahsulotlar ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 27 avgust kuni soat 20:00 da 40 yoshli A.U., qasddan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, tanishlari 42 yoshli O.U., 48 yoshli O‘.I. va 35 yoshli Yo.V., lar bilan bir guruh shaxslar bo‘lib oldindan til biriktirib, MCHJ ga tegishli bo‘lgan 38 yoshli U.M., boshqaruvidagi “SAMS” rusumli yuk avtomashinaci va 55 yoshli R.R., boshqaruvida bo‘lgan ekskavatorlarini yollab, mazkur avtomashinalarni temir tarkibli qo‘shimcha mahsulotini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida “Olmaliq KMK” Sanoat chiqindilarini saqlash hududiga kiritib, ekskavator yordamida yuk mashinasiga 45 tonna 360 kilogramm miqdorida bo‘lgan temir tarkibli qo‘shimcha mahsulotlarini yuklab, uchastka hududidan chiqib ketayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va ulardan umumiy narxi 7.944.804 so‘mlik temir tarkibli qo‘shimcha mahsulot ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-son IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech