O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2 milliard pullarni oʼgʼirlagan jinoiy guruh qoʼlga olindi  

 Toshkent. 2020 yilning 15 avgust kuni soat 21:30 dan 16 avgust kuni soat 17:30gacha boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar, MChJ binosining tashqi derazasi, shuningdek moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzgan holda gʼayriqonuniy ravishda kirishib, temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan taxminan 2 milliard soʼmdan koʼproq naqd pullarni yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni oq rangli davlat raqamlari yechib olingan “Lacetti” rusumli avtomashinada kelgan 6 nafar fuqarolar sodir etganliklari ayon boʼlgan.

Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana 2 nafar fuqarolar aniqlanib, ular oʼzaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan, ularning barchasini shaxsiga oid maʼlumotlariga aniqlik kiritilgan. Hozirda jinoyatchilar JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar. Oʼgʼirlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech