O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgar ayol qo’lga olindi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro U.B. tanishi M.D.ga o’zining Toshkent viloyat Zangiota tumanida joylashgan uyini 100.000 AQSh dollariga sotishga va’da berib, buning evaziga undan 2016-2017 yillar mobaynida jami 89.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech