O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo‘rqitib pul mablag‘larini talab qilib kelgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 may kuni fuqaro A.Botir Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda “Shoxrob” ismli tanishi unga qo‘ng‘iroq qilib, 50 AQSH dollari berishni talab qilayotganligi, «ushbu pulni bermasang urib oyoq-qo‘lingni sindiraman » deb qo‘rqitib, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid qilib kelayotganligini, ushbu shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

O‘z navbatida fuqaro A.Botirning arizasi yuzasidan 2021 yilning 18 may kuni soat 00:20 da Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan “TET-A-TET” kafesi yonida o‘tkazilgan tadbir davomida, “Shoxrob” ismli shaxs fuqaro A.Botirdan talab qilingan 50 AQSH dollar pulni olgan vaqtida ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida “Shoxrob” ismli shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilib, u 26 yoshli fuqaro ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasidagi tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech