O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantin vaqtida giyohvand vositalarini sotuvchisi ushlandi

Surxondaryo. 2020 yilning 10 aprelь kuni soat taxminan 17:30 larda viloyat IIB xodimlari tomonidan Termiz shahri “Shifokor” mahallasida oʼtkazilgan maxsus tadbir davomida 50 yoshli U.E., vazni 0,33 grammga teng boʼlgan “gashish” giyohvandlik vositasini 150.000 soʼm evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan giyohvand vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan U.E., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalari oʼtkazish maqsadini koʼzlab koʼp boʼlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda oʼtkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech