O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bozor oldida 45 yoshli fuqaroni pichoqlab qochib ketgan shaxs ushlandi.

Toshkent viloyati. 2020 yil 10 fevral' kuni soat taxminkn 17:45 da noma'lum shaxs Yangiyo‘l shahar Navro‘z mahallasida joylashgan “Yangiyo‘l dehqon bozori” oldida mast holatda bo‘lgan fuqaro 45 yoshli R.J., bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib, tortishuv vaqtida R.J.,ning tanasiga bir marotaba o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan va "Matiz” rusumli avtomashinada hodisa joyidan yashiringan. Natijada R.J. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 25 yoshli D.A. sodir etganligi aniqlangan va undan “Matiz” rusumli avtomashinaning 2 dona kalitlari olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech