O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holdagi bezori ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yil 12 aprelь kuni taxminan soat 12:20 da 40 yoshli А.N., spirtli ichimlik isteʼmol qilib mast holda jamoat joyi hisoblangan Аngren shahri Boʼston MFYda joylashgan spirtli ichimliklar doʼkonining ichida boʼla turib, jamiyatda yurish-turish koidalarini kasddan mensimasdan, 44 yoshli Sh.M., bilan oʼzaro janjallashib, oyoqlari bilan bir necha marotaba tepib tan jarohati yetkazgan. Natijada, Sh.M., olgan tan jarohatlari bilan Аngren shahar Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy eksperiza xulosasiga koʼra, Sh.M.,ga «oʼrtacha ogʼirlik»dagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Аngren shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.N.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jiinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. А.N., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech