O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ota oʼz farzandini 5000 АQSh dollariga pullayotgan vaqtida ushlandi

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 06 oktyabr kuni soat 15:00 da Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Denov tumani “Shaxrinav” mahallasida yashovchi 28 yoshli S.Z., Termiz shahrida joylashgan restoranlarning birida shartli mijozga voyaga yetmagan farzandi 2 yoshli M.S.,ni 2.500 АQSh dollari va 24.250.000 soʼm evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Tadbir jarayonida, S.Z.,dan kimyoviy ishlov berilgan 2500 АQSh dollari va 24.250.000 soʼm pullar, voyaga yetmagan M.S.,ning tugʼilganlik haqidagi guvohnomasi va S.Z.,ning farzandini oʼz xohishi bilan sotganligi boʼyicha yozib bergan tilxati xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, oʼn sakkiz yoshga toʼlmaganligi aybdorga ayon boʼlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʼlsa) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha S.Z., protsessual tartibda ushlanib, unga JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech